Loading...

Xo'ja Mahmud Anjir Fag'naviy

Xo'ja Mahmud Anjir Fag'naviy manzili

Xoja Mahmud Anjir Fag`naviy quddisu sirrihu Vobkent tumanidagi Anjir Fag‘ni qishlog‘ida tug‘ilib, o‘sha yerda vafot etgan. Xo`jagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyondasi, yetti pirning uchinchisi. Mahmud Fag`naviy ustozi Xoja Orif Revgariyning xizmatini qilib, eng sadoqatli shogirdlaridan biri bo`lgan. “Silsilai Sharif”ning o‘n ikkinchi halqa piri hisoblanadi. Xoja Mahmud Anjir Fag`naviy qabrlari ustida yangi maqbara, uni yonida hovuz va jome masjudi qurilib ushbu joy obod ziyoratgohga aylangan. Bugungi kunda mazkur qadamjo Buxoro viloyatidagi eng yirik turistik obyektlardan biri hisoblanadi.

Image
Yon tomondan ko'rinishi