Loading...

Ilmiy izlanishlar

Tadqiqot davomida belgilangan yo'nalishlar asosida manzilgohlar va turli xil obyektlar o'rganildi va uo'nalish xaritasi tuzildi.

Eng mashhur diqqatga sazovor joylar

Qadimiy sharqona ertakning muhitiga tushib qolishni istasangiz, Buxoroning eng diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiling: ✔️Poi-Kalon meʼmoriy yodgorlik, (Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tomonidan "sakkizinchi mo''jiza" sifatida tan olingan);
✔️Ark qalʼasi;
✔️ Somoniylar maqbarasi;
✔️ Chashmai Ayub maqbarasi;
✔️ Magaki-Attari masjidi.
✔️ Mirzo Ulug‘bek madrasasi,
✔️ Miri-Arab madrasasi,
✔️ Lyabi-Xauz ansambli va boshqalar.

Img
Turizm – Buxoro iqtisodiyotining muhim drayveri

Buxoroga kelayotgan sayyohlar oqimi yildan yilga oshayotganida koʻrish mumkin. 2021 yilda xorijiy sayyohlar soni 30 ming 800 nafarni tashkil etgan boʻlsa, 2022 yilda bu koʻrsatgich 550 ming nafarga yetgan. Joriy yilning dastlabki choragida boqiy Buxoroni koʻrish istagida kelgan chet ellik sayyohlar soni 400 mingtaga yetgan.

Tadqiqot haqida

Buxoro viloyatining turizm va rekreatsiya veb sayti viloyatning turizm sohasini yangi bosqichga olib chiqish va xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni ko‘rsatish hamda turizm salohiyatidan, jumladan, mavjud madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanishni targ‘ibot-tashviqot qilishni maqsadida ishlab chiqilgan. Ayni paytda, viloyatdagi 829 ta madaniy meros obyektidan 139 tasi (17 foiz) turistik marshrutga kiritilgan, xolos. Shu sababli madaniy meros obyektlarini turizm marshrutlariga kiritish masalasiga alohida ahamiyat qaratish talab etiladi. Ana shundan kelib chiqib, maukur tadqiqot davomida viloyatdagi Romitan, Vobkent va Kogon (qo‘shni Buxoro va Qiziltepa bilan birga) tumanlari bo‘yicha yangi turistik marshrutlar ishlab chiqildi va ularning xaritalari tuzildi.

Icon

Buxoro o‘tmishning me’moriy ko‘zgusidir. Vayronaga aylangan binolarni ta'mirlash bo'yicha restavratsiya ishlari olib borilgan bo'lsa-da, bu rekonstruktsiyalar Samarqand yoki Xiva shaharlariga qaraganda ancha nozik edi va eski markaz deyarli o'zgarmadi.

Icon

Ba'zi odamlar uchun bu 100% haqiqiy bo'lmasligi mumkin, lekin u avvalgidek bo'lmasa ham, u hali ham juda haqiqiy joydek tuyuladi. Buxoro xuddi Xivadagidek katta ochiq osmon ostidagi muzeyga o‘xshamaydi . Bu juda ko'p yashaydigan shahar.

829 +

Madaniy me'roslar

212 +

Mehmonxonalar

47 +

Yangi manzillar

490 +

Umumiy Masofa