Xo`ja Ubbon Ibn Usmon Ibn Affon VII asrning oxiri va VIII asr boshlarida yashagan. U kishi “choriyor xalifalar”dan uchinchisining o’g’li. Hazrat Ubbon tobein, faqih, muhaddis, qiroat sohibi, valiyulloh bo`lib, u kishiga Alloh taolo teri kasalliklarini davolash karomatini bergan. Ushbu ziyoratgoh hazrat Ubbon ibn Usmonning Buxorodagi qadamjolaridan biri. Ziyoratgohdagi quduq suvi g`oyat shifobaxshdir.