Loading...

SAYID AMIR KULOL MAJMUASI

SAYID AMIR KULOL MAJMUASI manzili

SAYID AMIR KULOL MAJMUASI. Buxoro viloyati Kogon tumanida joylashgan muqaddas maskan bo‘lib, Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshbandning ustozlaridan biri bo‘lgan Sayid Amir Kulol (1281–1370) ga bag‘ishlangan.​ Ziyoratgoh Buxoro shahridan taxminan 25 km sharqda, Kogon tumanining Suxor (hozirgi Yangihayot) qishlog‘ida joylashgan. ​Sayid Amir Kulol Xojagon tariqatining yetakchi pirlaridan biri bo‘lib, o‘zining chuqur tasavvufiy bilimlari va ruhiy yetakchiligi bilan tanilgan. U Bahouddin Naqshbandning ustozlaridan biri bo‘lgan. Afsonalarga ko‘ra, Amir Kulol Amir Temurga duo qilib, uning buyuk kelajagini bashorat qilgan. Ziyoratgoh majmuasida Sayid Amir Kulol maqbarasi, masjid, minora, tahoratxona va hovuz joylashgan. Maqbara gumbazi atrofida kufiy xatida "Mulk Xudonikidir" degan yozuv mavjud. Sayid Amir Kulol Buxoroning “Yetti pirlari”ning oltinchisi sanaladilar. Bugungi kunda ushbu ziyoratgoh Buxorodagi ichko va xalqaro turizmning muhim obyektlaridan biridir.