Loading...

BAHOUDDIN NAQSHBAND MAJMUASI

BAHOUDDIN NAQSHBAND MAJMUASI manzili

BAHOUDDIN NAQSHBAND MAJMUASI. Buxoro viloyati Kogon tumanidada joylashgan muqaddas ziyoratgoh bo‘lib, Naqshbandiya tariqatining asoschisi Xoja Bahouddin Naqshbandning (1318–1389) qabri shu yerda joylashgan. Bu majmua Buxoro shahridan 10–12 km shimoliy-sharqda, Qasri Orifon qishlog‘ida joylashgan. ​Bahouddin Naqshband Markaziy Osiyodagi eng nufuzli so‘fiylik tariqatlaridan biri – Naqshbandiya tariqatining asoschisi hisoblanadi. Uning maqbarasi asrlar davomida musulmonlar uchun muqaddas ziyorat joyi bo‘lib kelgan. Xonaqoh 1544–1545 yillarda qurilgan asosiy bino bo‘lib, so‘fiylik faoliyati uchun mo‘ljallangan. Majmuadagi Hakim Qushbegi va Muzaffarxon masjidlari, yog‘och ustunli ayvonlari bilan ajralib turadi. ​1885 yilda qurilgan minora va kichik madrasalar mavjud.​ Bundan tashqari, hududda Dahman-Shahon nekropoli joylashgan bo‘lib, unda Bahouddin Naqshbandning onalari va ustozining hamda Buxoro hukmdorlarining  qabrlari joylashgan. Bugungi kunda ushbu majmua Islom olamidagi mashhur ziyoratgohlardan hisoblanib, mamlakatimizdagi xalqaro ahamiyatga ega maskanlardan biridir.

Image
Yon tomondan ko'rinishi
Image
Yon tomondan ko'rinishi
Image
Yon tomondan ko'rinishi