XOJA KABUL AXBOR VALI ZIYORATGOHI. Buxoro viloyati Kogon tumanining Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻinidagi Xoʻchkob qishlogʻidagi meʼmoriy yodgorlik. Xoja Kaʼbul Ahbor Vali qachon tavallud topganligi haqida biror manbada maʼlumot uchramaydi. Manbalarda u VII asrda vafot etganligi yozib qoldirilgan. Xoja Kaʼbul Ahbor Vali ziyoratgohida maqbara boʻlib, unda Xoja Kaʼbul Ahbor Vali qabri joylashgan. Qabrning uzunligi 14 metrni tashkil etadi. 1995-yil ziyoratgohdagi maqbara, quduq va masjid xorazmlik ustalar tomonidan taʼmirlangan. Ziyoratgohda masjid boʻlib, hozirgi kunda faoliyat yuritmoqda. Masjid binosi gumbaz bilan birgalikda balandligi 9 metr, uzunligi 11 va eni esa 10,7 metrni tashkil etadi. Masjid asosi tosh va pishgan gʻishtdan terilgan. Qizilqum cho‘liga tutuash hududda joylashgan mazkur ziyoratgoh bugungi kunda ziyorat turizmining muhim obyektlaridan biridir.