TO‘DAKO‘L DAM OLISH MASKANI. Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida joylashgan zamonaviy ekoturizm markazidir. Bu maskan cho‘l o‘rtasida joylashgan bo‘lib, o‘zining tabiiy go‘zalligi va boy hayvonot dunyosi bilan ajralib turadi. To‘dako‘l suv omboridagi suv achchiq-sho‘rtob va qisman minerallashgan bo‘lib, u dengizga o‘xshaydi. Suv ombori yaqinidagi nabotot va hayvonot olami o‘zining boy xilma-xilligi bilan tashrif buyuruvchilarni hayratda qoldiradi. To‘dako‘l atrofidagi hududlarda burgut, jayron, tulki, yovvoyi mushuk, quyon va cho‘l qushlarini uchratish mumkin. Ko‘l Pamsar suv havzalari tizimiga kirgan bo‘lib, suv parrandalarining ko‘plab sonini janubga mavsumiy ko‘chish paytida kuzatish mumkin. Qushlardan, kulrang g‘ozlar, oqqushlar, pelikanlar va hatto baliqchi qushlar ko‘p uchraydi. Nabotot va hayvonot dunyosining ba’zi turlari O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. To‘dako‘l suv omborida dam olish maskani mavjud. “Yovvoyi dam olish” ishqibozlari bu yerga quyoshda toblanish, suzish va hatto baliq ovlash uchun tashrif buyurishlari mumkin. Yaqinda suv parki, ko‘ngilochar kompleks, mini-disneylend, qulay dam olishni yaxshi ko‘radiganlar uchun o‘yin maydonchalari qurildi. Ekozona faol dam olishning zamonaviy standartlar va talablarga javob beradi. Bundan tashqari, mehmonxona va restoranlar, jumladan, 50 o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxona, kema shaklidagi restoran, yozgi terassa va SPA-salon mehmonlarga xizmat ko‘rsatadi.