Loading...

Shirin etnoturizmi

Shirin etnoturizmi manzili


Shirin qishlog'i hududida qadimiy tegirmonda makkajo'xori va bug'doy uni tortish jarayoni, tandirda non va somsalar yopish, 20 xil turdagi poliz ekinlari ekish va mevali daraxtlardan iborat bog' yaratilib, 5 ta oʻtov tayyorlangan, baliqchilik hovuzi va uy hayvonlaridan iborat chorvachilik burchagini tashkil etilgan. Sayyohlarga tomorqalardagi tabiiy poliz mahsulotlaridan foydalangan holda mahalliy ovqatlar, shuningdek, shoʻrdanak, meva qoqilari va sut mahsulotlari tayyorlash klasteri, ularning mahorat darslarini koʻrsatish, milliy folklore jamoalarining madaniy chiqishlari, qishloq hayotini aks ettiruvchi qadimiy buyumlar muzeyini va milliy hunarmandchilik burchagini tashkil etilgan. Qolaversa, suvenir buyumlarini sotish do'konlarini barpo etish, etnoturizm qishlog'i boʻylab hamroh-tarjimon xizmatlari bilan birga, avtotransportlar uchun avtoturargohlar xizmatini, etnoturizm qishlog'i atrofida joylashgan koʻllarda esa baliq ovini yoʻlga qoʻyish, qadimgi sandal uylarini barpo etish, sho'rdanak va nisholda singari milliy mahsulotlarni tayyorlash jarayonlarida mehmonlarning bevosita ishtirokini ta'minlashni o'z ichiga olgan etnoturizm markazini tashkil etishishlari boshlab yuborilgan. Bular Shirin qishlogʻini yaqin kelajakda Buxoroning asosiy turizm qishloqlaridan biriga aylantirishi shubhasiz.

Image
Yon tomondan ko'rinishi
Image
Yon tomondan ko'rinishi
Image
Yon tomondan ko'rinishi
Image
Yon tomondan ko'rinishi
Image
Yon tomondan ko'rinishi
Image
Yon tomondan ko'rinishi