Chashmai-Ayyub jome masjidi – Vobkent tumani Xayrobot qishlog‘ida joylashgan. Manbalarda ma’lum qilinishicha, Buxoroyi sharifda Imom Ismoil al-Buxoriy davrlari va keyinchalik ham, ko‘pdan ko‘p muhaddislar yashab, ilm olib va ilm berib o‘tganlaridan darak beradi. Ushbu mo‘tabar kishilar jumlasiga, Abu Sa’d al-Xarjushi hazratlari ham kiradilar. Bu ulug‘ muhaddis olim 1017-yil vafot etganlaridan so‘ng Xayrobot qishlog‘ida dafn etilganlaridan 191 yil o‘tib, Xorazm shoxlar davrida qabrlari ustida xazira (kiraverish darvoza 9 metr balandlik, eniga 5 metr keladigan me’moriy yodgorlik) barpo etiladi. Hozirgi vaqtgacha shu darvoza qismi saqlanib qolingan. Yodgorlikning sharqiy tomonida 1903 yilda barpo etilgan masjid mavjud. Istiqlol sharofati bilan “Chashmai-Ayyub” jome masjidi hududi obodonlashtirilib, Vobkentning turistik maskanlaridan biriga aylantirilgan.