Vobkent tumani hududida qator qadimgi qo‘rg‘ontepalar, antropogen tepaliklar mavjud. Masalan, Kumushkent tepa, Chilla tepa, Narshaxtepa va b. Bugungi kunda Kumushkent hududida 4 ta antropogen tepalar saqlanib qolingan. Ularni har tomonlama o‘rganish hamda arxeologik turizm obyekti sifatida foydalanish mumkin. Shuningdek, mazkur tepaliklardan atrofni kuzatadigan tayanch nuqtalar (minoralar) sifatida ham foydalansa bo‘ladi.